Sport infratuzilmasi rivojlanmagan mahallalarda sport maydonchalarini qurish vazifasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 13-sonli jazoni ijro etish muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bu bo‘yicha qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Prezident mahalla va maktablarda sport maskanlari hamda kutubxonalar barpo etish bo‘yicha 3 xil tipdagi loyihani rad etdi. Shavkat Mirziyoyev mahalla markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish vazifasini qo‘ydi — tadbirkorlarga imtiyoz beriladi va buning evaziga ijtimoiy mas’uliyat yuklanadi.
2021−2025 yillar davomida butun mamlakatda badminton, stritbol va «Workout» sport turlari bo‘yicha 1164 ta sport maydonchasi quriladi. Har yili ushbu sport turlari hamda yurish, yugurish va mini-futbol bo‘yicha 18 ta musobaqa o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Qarordagi dastur va parametrlar to‘liq bajarilgunga qadar budjetdan har yili 104 mlrd so‘mdan ajratiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting